O‘zbekiston prezidenti Abu-Dabi shahrida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan samarali muzokaralar hamda ushbu mamlakatning yetakchi davlat tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami, shu jumladan, Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda ham Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi sharafiga Burj Al-Xalifa hamda boshqa diqqatga sazovor obektlar O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkangan edi.