Delegatsiya bayroqdori Abdumalik Xalokov debyut Olimpiadasidayoq zafar quchdi. -57 kg vazndagi bokschi finalda qirg‘izistonlik Munarbek Seitbek Uuluga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada-2024da qo‘lga kiritgan medallari 11 taga yetdi — 7 oltin, 1 kumush va 3 bronza.











