Prezidentning «Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»ga farmoni imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o‘zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste’dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan, el-yurtga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o‘rnak bo‘lib kelayotgan tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi.

  • Kuanishbayeva Gulayim Maxambetali qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Srajatdinov Amanbay Konisbay uli - Nukus shahridagi “Real Innovatsiya NKS” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Turdaliyev Sardorbek Sherali o‘g‘li - Baliqchi tumanidagi “Academy IT Star” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
  • Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati
  • Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo‘yicha bosh mutaxassisi
  • Ostonov Og‘abek O‘lmas o‘g‘li - Jondor tumanidagi “Sharif Nafosat” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati
  • Sattorov Elbek Xoliqul o‘g‘li - Baxmal tumanidagi “Azzam Elbekovich” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
  • Hoshimova Shaxlo Ulug‘bek qizi - Jizzax politexnika institutining qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati
  • Pardayev Ulmasjon Dovurpulat o‘g‘li - Muborak tumani “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
  • Xo‘jayeva Roxilabonu Saidusmon qizi - “Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati
  • Bafoyev Sherzod Ixtiyor o‘g‘li - Konimex tumanidagi “Boymurod” oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati
  • Saidova Sevinch Asatillo qizi - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati
  • Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati
  • Xusanov Muxammadali Alisher o‘g‘li - Uychi tumanidagi “Sanlitun” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati
  • Anorov Bohodir Qobiljon o‘g‘li  - Payariq tumanidagi 84-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati
  • Shodiyeva Madina Nuraliyevna - Samarqand shahridagi Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi gid-ekskursovodi, Samarqand viloyati
  • Ortiqboyeva Hilola G‘ulomjon qizi - Kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Sirdaryo viloyati
  • Turdiqulov Islom Hayitboy o‘g‘li - Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyo-texnologiyalar kafedrasi dots.nti, Sirdaryo viloyati
  • Ashurova Maftuna Ortiq qizi - Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati
  • Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich - Sho‘rchi tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
  • G‘ofurova Dinora Alisher qizi - “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining “O‘zbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Toshkent viloyati
  • Raxmatullayev Farxodjon Rustamjon o‘g‘li - Quyi Chirchiq tumanidagi “Sofia Ticaret” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
  • Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So‘x tumani “Sarikanda” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg‘ona viloyati
  • Xoliqova Gulira’no Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi “Xoliqov Yo‘lchiboy” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  • Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati
  • Yuldoshev Usmonbek Umarbek o‘g‘li - Urganch shahridagi “Glass Pro” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Xorazm viloyati
  • Ne’matov Miraziz Mirali o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tanlanganlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
  • Xushvaqtova Mo‘tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urikguli” ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri
  • Zaripova Barno Ikrom qizi - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi
  • Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o‘g‘li - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Loyihalar boshqaruvi markazi” nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi
  • Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri
  • Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o‘g‘li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi bo‘limi jarrohi
  • Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti uslubchisi
  • Eshonqulov Muhammadali Olimjon o‘g‘li - “Yuksalish” nodavlat ta’lim muassasalari ta’sischisi
  • Yusupova Aysanem Azatovna - O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kinoaktyor