Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi temiryo‘l hududida 10 yoshli bolani poyezd urib yuborgan.

“Millar” informatsion dasturida ma’lum qilinishicha, hodisa 2024 yil 20 iyun kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 09:30 larda bolani Zangiota temiryo‘l kesishmasida Bekobod—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan elektropoyezd urib yuborgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola velosiped yordamida poyezd yo‘lini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak, Andijonda 8 yoshli qizni, Farg‘onada traktor boshqarib ketayotgan 12 yoshli bolani poyezd urib ketgandi. Shuningdek, Surxondaryoda poyezd Gentra’ni urib yuborgan va oqibatda 5 kishi halok bo‘lgandi.