Guliston shahri hokimi Dadabayev To‘lqinjon To‘lanovich sog‘ligidagi muammolar sabab o‘z arizasiga binoan lavozimdan ozod etildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi. 

Guliston shahri hokimi vazifasini vaqtincha bajarish hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botirov G‘ayrat Axmatovich zimmasiga yuklatilgan. 

To‘lqinjon Dadabayev shahar hokimi sifatida 2019 yil 25 fevralidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.