O‘zbekiston Ispaniyaning National Geographic Traveler Readers’ Awards nashri tomonidan e’lon qilingan tanlovning «Eng yaxshi xalqaro yo‘nalish» nominatsiyasida asosiy mukofotga da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, ovoz berish nashr veb-saytida 2024 yil 18 yanvardan 11 fevralgacha 15 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi. Ovoz berishning yakuniy natijalari 18 aprel kuni jurnalning may oyidagi sonida, shuningdek, National Geographic Viajes veb-saytida e’lon qilinadi.
Jarayon davomida O‘zbekistonga ovoz berish mumkin. Mazkur nominatsiyaga O‘zbekistondan tashqari Misr, Kolumbiya, Marokash va Peru da’vogarlik qilmoqda.










