«Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, o‘smirlar salomatligi muhofazasi to‘g‘risida normativ hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Bunda, o‘smirlarni oilaga ruhiy, jismoniy va tibbiy jihatdan tayyorlash ko‘zda tutiladi.
Reproduktiv salomatlik tushunchasi shakllantiriladi, o‘smirlarga alohida yondashuv asosida tibbiy xizmat tashkil qilinadi.
O‘smirlar organizmi rivojlanishi, zararli odatlarga qaramlik va ularga psixologik yondashuvlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi.
Harbiy xizmatga tayyorlash masalalari ham ko‘zda tutiladi.










