“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, aholiga o‘z sog‘lig‘i va ovqatlanishini nazorat qilishni o‘rgatish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mobil ilova yaratiladi.
Mahalliy mahsulotlardan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari to‘plamini yaratish ko‘zda tutilmoqda.
Ish beruvchilar tomonidan xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi va to‘g‘ri ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ham mo‘ljallangan.











