Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Xitoyning DongFeng bosh direktori Van Pen bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud ehtiyojlar va harakat tarkibini zamonaviy avtobus va mikroavtobuslar bilan yangilash zarurati yuzasidan fikr almashilgan.

DongFeng Special Car kompaniyasi bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Furqat tumanida 2 bosqichda, umumiy qiymati 100 mln dollarga teng bo‘lgan, yiliga 1000 dona elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya  O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida Lanzhou Guangtong New Energy Automobile rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, qiymati 100 mln dollarlik ikki tomonlama memorandum imzoladi.

Memorandumda yillik quvvati 2000 ta elektroavtobus ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.