Javlon Vahobov AQShdagi missiyasini 2023 yil mart oyida yakunlagan edi.

8 oylik tanaffusdan so‘ng u Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida ish boshlagan. Institut faoliyatining asosiy vazifalari qatoriga mintaqani barqaror rivojlantirish jarayonlarini tadqiq etish kiradi.

Vahobov faoliyati davomida ko‘plab yuqori lavozimlarda ishlagan. Xususan, 2011-2013 yillarda Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2013 yilda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori sifatida faoliyat olib borgan.

Diplomat 2013-2015 yillarda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Javlon Vahobov 2017 yildan boshlangan AQShdagi elchilik faoliyati bilan Toshkent–Vashington munosabatlari faollashishining yangi davrida muhim missiyani bajardi.