Bugungi bahslarda Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida final bahsida ishtirok etib, o‘z dasturlarini to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. 48 yoshli atletimiz 13.383 ball jamg‘ardi.

Chiqishidan keyin Chusovitina miks-zonada bergan intervyusida u o‘zini yaxshi his qilayotgani va faoliyati hali davom etishini bildirdi.

«O‘zimni yaxshi his qilyapman. Barchaga rahmat, men sizning qo‘llab-quvvatlashingizni sezib turdim. Bu juda yoqimli edi. Afsuski, bugun medal yutishning iloji bo‘lmadi, ammo o‘ylaymanki keyingi safar albatta yutaman. Barchangizga rahmat, sizlardan minnatdorman», - deya keyingi safargi Osiyo O‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligiga sha’ma qildi afsonaviy gimnastikachi.

;Ma’lumot uchun, 48 yoshli Chusovitina 1994 yilgi Xirosima-1994 Osiyo O‘yinlarida 2ta bronza, Pusan-2002da 2ta oltin, Incheon-2014da 2ta kumush, Jakarta-2018da kumush medali sohibi bo‘lgan. Navbatdagi Osiyo O‘yinlari 2026 yil Yaponiyaning Nagoya shahrida o‘tkaziladi.