O‘zA xabariga ko‘ra, Sadriddin Eshonqulov sudyalik vakolati muddati davriga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Abduhalim Ahmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
To‘rabek Qodirqulov - sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
G‘olibjon Davlatov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati ma’muriy sudining raisi lavozimiga;
Alisher Abdurahmonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.










