2023 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 5,4 mln tonna donli ekinlar yetishtirilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 7,3 foizga oshgan.

Don ekinlarini yetishtirish bo‘yicha hududlar o‘rtasida peshqadamlikni Farg‘ona viloyati egalladi. Uning don ekinlari umumiy hajmidagi ulushi 12 foizdan oshgan.

Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Surxondaryo (11,8  foiz), Qashqadaryo (11,3 foiz), Andijon (9,0 foiz), Samarqand (8,3 foiz) va Jizzax (8,2 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.

Umumiy hajmdagi past ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,1 foiz) va Navoiy viloyatida (3,6 foiz) kuzatildi.