O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmonov O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Armaniston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Mnatsakan Safaryan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratdi.
Savdo-iqtisodiy sohada qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.











