O‘yin taqdirini birinchi bo‘limdagi gollar hal qildi. Dastlab, 12-daqiqada Javohir Qahramonov hisobni ochgan bo‘lsa, bo‘lim oxirida Zenan Zaymovich farqni ikkitaga oshirdi.
Shu tariqa, toshkentliklar rossiyalik yangi murabbiy Aleksandr Krestinin qo‘l ostidagi debyut o‘yinda mag‘lubiyatni tan oldi. Birinchi davrada Murod Otajonov qo‘l ostidagi «qaldirg‘ochlar» Jizzaxdan g‘alaba bilan qaytgandi. Bu safar Boshkovich sobiq klubini mag‘lub etishga erishdi.
Tribuna.uz muxbiri Hasan Yusupov mazkur bellashuvdan fotojamlanma tayyorladi.































