Toshkent shahrida 63,4 foiz uy xo‘jaliklari ko‘p qavatli uylarda yashaydi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Agentlik 2023 yilning  yanvar-iyun holatiga Toshkent shahrida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 62,1 mingtaga oshgan.   
  
Bunda:

  • alohida uy (xususiy hovli) – 31,5 foiz;
  • ko‘p kvartirali uylar – 63,4 foiz;
  • boshqa turdagi uylar – 5,1 foiz.