
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan soat 17:00 dan 18:00 ga qadar bir necha ko‘chalar qisman yopiladi.
Ko‘chalar ro‘yxati:
«O‘zbekiston mehmonxonasi» avtoturargohidan Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘ligacha va ushbu aylanma yo‘l;
Amir Temur xiyobonidan Amir Temur shohko‘chasi bo‘ylab Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
Amir Temur shohko‘chasi va Alisher Navoiy ko‘chasi kesishmasidan Hyatt regency mehmonxonasi avtoturargohigacha.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.










