«El Klasiko»ga Levandovski, Pedri va Dembelesiz kelgan «Barselona» Madridda avtogol evaziga g‘alaba qozondi. Kamavinganing xatosidan so‘ng boshlangan hujumda Militao o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.

Javob bellashuvi 5 aprel kuni «Kamp Nou»da o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi yarimfinalning dastlabki bahsida «Osasuna» o‘z uyida «Atletik»dan minimal hisobda ustun kelgandi.

Ispaniya Kubogi. Yarimfinal
Birinchi o‘yin

Real — Barselona 0:1
2 mart, «Santyago Bernabeu»
Gol: Militao (26, avtogol).
Real – Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Nacho (Rodrigo, 67), Modrich (Rodriges, 84), Kroos (Tchuameni, 74), Valverde, Kamavinga, Benzema, Vinisius.
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alonso, Kunde, Balde, Buskets, Kessie (Roberto, 86), de Yong, Gavi, Rafinya (Fati, 69), Ferran Torres.
Ogohlantirishlar: Vinisius (24), Rafinya (45), Gavi (51), Nacho (55), Kessie (66), Valverde (73).