Turnirning finaliga mos to‘qnashuv deya ta’riflangan bahs muxlislar kutgan shiddatni taqdim eta oldi. Dastlabki bo‘limda darvozabonlar qahramonga aylangan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim 4ta golni taqdim etdi.

Markos Alonso 50-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikki daqiqa o‘tib Markus Reshford hisobni tenglashtirdi. Oradan 7 daqiqa o‘tib yana o‘sha Reshford hujumga o‘tib, Kundening o‘z darvozasini ishg‘ol etishiga sabab bo‘ldi – 1:2.

76-daqiqaga kelib Rafinyaning Levandovskiga uzatmasi De Xea darvozasidan joy oldi – 2:2. O‘yin yakuniga qadar ikki jamoada ham g‘alabani ilib ketish imkoniyati bo‘lsa-da, bahs jangovar durang bilan tugadi.

YeChL darajasiga mos bahsning javob uchrashuvi 23 fevral kuni «Old Trafford»da o‘tadi. 

Yevropa ligasi. 1/16 final. Birinchi bahs
Barselona Ispaniya – Manchester Yunayted Angliya 2:2
Gollar:
1:0 – 50 Alonso, 1:1 – 52 Reshford, 1:2 – 59, avtogol Kunde, 2:2 – 76 Rafinya.
Barselona – ter Stegen, Arauxo, Alonso (Kristensen, 67), Kunde, Alba (Balde, 67), Kessie (Fati, 67), de Yong, Pedri (Serdji Roberto, 41), Gavi, Levandovski, Rafinya (Ferran Torres, 83).
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Shou, Malasia, Brunu Fernandesh, Kazemiro, Fred, Vegorst, Reshford, Sancho (Garnacho, 82).
Ogohlantirishlar: Alba (30), Varan (43), Kazemiro (65), Malasia (72), Gavi (73).