Shu bilan birga, u havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligini aytdi

«Biz osmonimizni yopishimiz, osmonimizni himoya qilishimiz kerak. Bu birinchi raqamli ustuvor vazifa. Shundan so‘ng biz ko‘proq jangovar mashinalar, tanklar, artilleriya tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari va hokazolarni olishimiz kerak. Bizda odamlar bor, lekin bizga qurol kerak», - deya ta’kidladi Reznikov.

Avvalroq Kanada Ukrainaga topshirish uchun AQShdan NASAMS (National Advanced Surface-to-Air Missile System) havo hujumidan mudofaa tizimini sotib olishi, bu haqda Kanada mudofaa vaziri Anita Anand Twitter'da ma’lum qilgani xabar berilgandi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov bilan telefon orqali muloqot qilgan va u hozirda havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘z mamlakati uchun ustuvor vazifa ekanini tasdiqlagan.