O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi voqealar rivoji, shuningdek, ushbu mamlakatdagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan turli tashabbus va platformalar doirasida bo‘lajak xalqaro tadbirlar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.