TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning joriy holatini har tomonlama muhokama qildi.
Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni qo‘llab-quvvatlashga o‘zaro manfaatdorlik ta’kidlandi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va Toshkent hamda "Bergxof" jamg‘armasi o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishga o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladi.











