Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Saudiya tomoni bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va uni jadallashtirish istiqbollarini muhokama qilgani barobarida, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan tashkil etilgan «Dunyoni osmon bilan bog‘lab» deb nomlangan forumda ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston tomoni Niderlandiyaning SES kompaniyasi bilan O‘zbekistonda zamonaviy yo‘ldoshli aloqa tizimlaridan foydalanish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolash va One Web kompaniyasi bilan O‘zbekistonda xab stansiyasini qurish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Saudiya Arabistonining Radio va televideniye bo‘yicha komissiyasi rahbari Muhammad bin Fahad Al-Harsiy, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi Radioaloqa byurosi direktori Mario Manevich bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqish va hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.











