O‘zA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi.
Tabrikda davlat rahbari 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini «Umumxalq bayrami» sifatida dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida taklif bildirdi.











