2022 yil 14 sentabr kuni soat 18:00 larda Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasiga tumandagi 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 8 nafar voyaga yetmaganlar alimentar diareya (nomutanosib ovqatlanish oqibatida ovqat hazm qilish tizimi buzilishi) birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan. Bemorlar umumiy holati qoniqarli.
14 sentabr kuni 33 nafar qayd qilingan muassasa tarbiyalanuvchilari ota-onalari farzandlari salomatligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Ularda qayd qilingan kasallik alomatlari aniqlanmagan, 20 nafari kuzatuv ostida shifoxonada qoldirilib, 13 nafari shifoxonadan chiqarilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, ekcpertiza tekshiruvi uchun tegishli namunalar olinib, sud-tibbiy ekspertizalari tayinlangan.
Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.











