«Bu kabi qabih harakatlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.
Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.
Afg‘onistonning Hirot shahridagi «Guzargoh» masjidida 2 sentabr kuni juma namozi paytida terrorchilik harakati sodir etilgandi. Hujum natijasida 29 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Terakt IShID tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan.











