Qayd etilishicha, 28 avgust kuni soat 19:00 da poytaxt bo‘ylab “Otliq kavaleriya paradi” bo‘lib o‘tadi.

Xabarda aytilishicha, parad Toshkent shahrida joylashgan kuch tuzilmalari kavaleriya bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladi.

Tadbir “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.