Vodiy viloyatlarida yetakchilardan bo‘lgan oliy ta’lim muassasasining bu yil abituriyentlarga qanday yangiliklari bor?

Universitetda:

- Filologiya,

- Fizika-matematika,

- Ijtimoiy iqtisodiyot,

- Tarix,

- Pedagogika,

- Tabiiy fanlar,

- Jismoniy madaniyat,

- Maktabgacha ta’lim,

- San’atshunoslik,

- Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetlari mavjud. Ularda 32 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Kunduzgi ta’limda 3 ta:

- Sotsiologiya,

- Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha),

- Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari 2022-2023 o‘quv yilida ochildi. Kunduzgi ta’limda jami bo‘lib 25 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud.

Masofaviy ta’limda:

- Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi,

- Kompyuter injiniringi: AT-Servis ta’lim yo‘nalishlari 2022-2023 o‘quv yilida yangi ochildi.

Sirtqi ta’limda esa 9 ta:

- Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha),

- Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili,

- Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha),

- Inson resurslarini boshqarish,

- Biologiya (turlari bo‘yicha),

- Geografiya,

- Kompyuter injiniringi: AT-Servis,

- Sport faoliyati: Boks,

- Sport faoliyati: Futbol ta’lim yo‘nalishlari bu yilgi abituriyentlarni kutadi.

Magistrturada:

- Folklorshunoslik va dialektologiya,

- Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti mutaxassisliklari 2022-2023 o‘quv yilida ochildi. Shuningdek, magistraturada jami bo‘lib 13 ta mutaxassisliklar mavjud.

2022/2023 o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli uchun 25 ta ta’lim yo‘nalishlariga 1250 ta kvotalar ajratilgan bo‘lib, shundan 275 tasi davlat granti, 975 tasi to‘lov-shartnoma asosida, sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 9 ta ta’lim yo‘nalishlariga 425 nafar, magistraturaning 13 ta mutaxassisliklariga 78 nafar qabul kvotalari belgilangan. Xorijiy OTMlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarida alohida kvotalar ajratilgan bo‘lib, 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 100 nafardan ziyod kadrlar tayyorlash belgilangan.

Andijon davlat universitetida abituriyentlar va ularning ota-onalariga ONLAYN ro‘yxatdan o‘tish, qabul jarayoni yuzasidan qiziqtirgan savollar bo‘yicha javob berish maqsadida “Murojaatlar markazi” (CALL-CENTER) tashkil etildi.

Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar, qabul masalalari bo‘yicha har qanday savollaringizni mazkur call-center raqamlariga yo‘llashingiz mumkin.

Soat 9:00 dan 18.00 ga qadar quyidagi raqamlarga:

📞 O‘zbek tilidagi murojaatlar uchun:

+998742248197

+998742248194

+998742248189

+998742248196

📞 Rus tilidagi murojaatlar uchun:

+998742248192

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Reklama huquqi asosida