Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “S.I.” MChJ sobiq rahbari S.R. o‘ziga ishonib topshirilgan 8 dona qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi uskunalarini MChJ ta’sischisi xorij fuqarosi T.ning o‘z yurtiga ketganligidan foydalanib 22 000 AQSh dollariga sotib yuborib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











