Qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Paxtaobod tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbirda, tuman irrigatsiya bo‘limi texnik-gidrotexnigi Sh.D. fuqaro G.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun 10 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini Kadastrlar palatasi Paxtaobod tumani filiali muhandisi vazifasida ishlovchi ukasi N.D. orqali tayyorlab berishni va’da qilib, xizmat haqi 100 AQSh dollari bo‘lishini aytgan. Ular 10 100 AQSh dollarini ukasi N.D. bilan birgalikda olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijonda temiryo‘l stansiyasi tasarrufidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan stansiya boshlig‘i ushlanganligi xabar qilingan edi.