Birinchi bo‘limda Luka Modrich chiroyli goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Karim Benzema penaltidan to‘p kiritib madridliklarning klasikodagi g‘alabasini mustahkamladi.
E’tiborlisi, 87-daqiqada Militao o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi, Kurtua esa penaltini bartaraf etib jamoasini so‘nggi daqiqalar xavfidan qutqardi.
Shu tariqa «qirollik klubi» o‘z tarixida 12-bor ushbu turnirda g‘olib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yarimfinalda «Real» «El Klasiko»da «Barselona»ni (3:2) mag‘lub etgandi. Bilbao klubi esa «Atletiko» Madrid (2:1) ustidan irodali g‘alabaga erishgandi.
Ispaniya Superkubogi. Final
Atletik B — Real 0:2
16 yanvar. Ar Riyod. «Qirol Fahd»
Gollar: Modrich (38), Benzema (52, penalti).
Amalga oshirilmagan penalti: Raul Garsiya (88).
Atletik – Unai Simon, De Markos, Martines, Yyeray Alvares, Balensiaga (Berchiche, 58), Dani Garsiya, Sarraga (Vesga, 58), Sanset (Raul Garsiya, 58), Berenger (Uilyams, 46), Uilyams, Muniain (Serrano, 81).
Real – Kurtua, Alaba, Militao, Mendi, Modrich, Kroos, Kazemiro, Vaskes (Nacho, 90+1), Benzema, Vinisius (Marselo, 86), Rodrigo (Valverde, 64).
Ogohlantirishlar: Dani Garsiya (77), Yyeray Alvares (90).
Chetlatish: Militao (87).










