Fransiya milliy jamoasi bilan Millatlar Ligasida, «PSJ» safida mamlakat Kubogida g‘olib bo‘lgan hujumchi Kilian Mbappe yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eng yaxshi futbolchi bo‘lishi kutilgan hujumchi Robert Levandovskiga («Bavariya»/Polsha) Maradona sovrini va Tik-tok obunachilari talqiniga ko‘ra yil futbolchisi mukofoti topshirildi.

Foto: twitter.com

Italiya milliy jamoasi bilan Yevropa chempionatida zafar quchgan Roberto Manchini eng yaxshi murabbiyga aylandi.

Foto: Globe Soccer Awards

Barcha nominatsiyalar g‘oliblari bilan tanishing:

  • Eng yaxshi futbolchi — Kilian Mbappe («PSJ»/Fransiya);
  • Eng yaxshi murabbiy — Roberto Manchini (Italiya);
  • Tik-tok obunachilari talqiniga ko‘ra eng yaxshi futbolchi — Robert Levandovski («Bavariya»/Polsha) 
  • Eng yaxshi himoyachi — Leonardo Bonuchchi («Yuventus»/Italiya) 
  • Eng yaxshi darvozabon — Janluiji Donnarumma («PSJ»/Italiya) 
  • Eng yaxshi klub — «Chelsi» (Angliya) 
  • Eng yaxshi milliy jamoa — Italiya
  • Maradona sovrini — Robert Levandovski («Bavariya»/Polsha) 
  • Barcha davrlarning eng yaxshi to‘purari — Krishtianu Ronaldu («MYu»/Portugaliya)
  • Faoliyati uchun — Ronaldino (Braziliya)
  • Eng yaxshi sport direktori — Chiki Begiristayn («Manchester Siti»)
  • Eng yaxshi agent — Federiko Pastorello