Qayd etilishicha, bugungi kunda 18 ta xorijiy mamlakatlar bilan muntazam aviaqatnovlar tiklangan bo‘lib, haftasiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha 144 ta parvozlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakat fuqarolari bayram kunlari quyidagi xorijiy davlatlarga aviaqatnovlar orqali tashrif buyurishi mumkin:

  • Turkiya, 40 ta reys (Toshkent – Istanbul, Samarqand – Istanbul, Farg‘ona – Istanbul);
  • Qozog‘iston, 34 ta reys (Toshkent – Olmaota, Samarqand – Olmaota, Urganch-Oqtov, Nukus-Oqtov, Nukus-Oqto‘ba);
  • Rossiya, 22 ta reys (Toshkent – Moskva, Samarqand – Moskva, Samarqand – Sankt-Peterburg);
  • BAA, 16 ta reys (Toshkent – Dubay, Toshkent – Sharja);
  • Koreya, 4 ta reys (Toshkent – Seul);
  • Tojikiston, 4 ta reys (Toshkent – Dushanbe);
  • Belarus, 4 ta reys (Toshkent – Minsk);
  • Qirg‘iziston, 3 ta reys (Toshkent – Bishkek);
  • Misr, 3 ta reys (Toshkent – Qohira, Toshkent – Sharm-al-Shayx);
  • Gruziya, 2 ta reys (Toshkent – Tbilisi);
  • Germaniya, 2 ta reys (Toshkent – Myunxen);
  • Hindiston, 2 ta reys (Toshkent – Dehli);
  • Kuvayt, 2 ta reys (Toshkent – Al-Kuvayt);
  • Latviya, 2 ta reys (Toshkent – Riga);
  • AQSh, 2 ta reys (Toshkent – Nyu-York);
  • Eron, 1 ta reys (Toshkent – Tehron);
  • Isroil, 1 ta reys (Toshkent – Tel-Aviv);
  • Saudiya Arabistoni, 1 ta reys (Toshkent – Ar Riyod);

Ma’lum qilinishicha, parvozlar sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.