Ta'kidlanishicha, joriy yilda viloyat bo‘yicha 447 ming tonnadan ortiq g‘alla yetishtirilib, o‘rtacha hosildorlik 57 sentnerdan oshdi. Pillakorlar tomonidan esa 42 ming 36 quti ipak qurti parvarish qilinib, 2 400 tonnaga yaqin pilla xomashyosi yetishtirildi. Joriy yilda viloyatda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan aholi daromadlari 1,8 trln so‘mni tashkil qilgan.
Hosil bayramida viloyat agrar sohasida xizmat qilayotgan bir guruh fidoyilar qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi vazirliklari va viloyat hokimligi, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ularga “Qishloq xo‘jaligi fidoiysi”, “Ilg‘or fermer”, “Namunali tomorqachi”, “Mehnatkash dexqon” kabi ko‘krak nishonlari topshirildi.











