Harbiylar poytaxt San-Salvador va boshqa shaharlarni politsiya bilan birga patrullashni boshlagan. Politsiya nomaqbul hududlarda uyma-uy yurib jinoyatchilarni izlash vaqtida armiya zirhli texnikasi u yerlardan chiqish joylarini bloklab turibdi. 

Bunday keskin choralar ko‘rilishiga mamlakatda oxirgi 2 kun ichida 30 dan ko‘proq qotillik sodir etilishi sabab bo‘lgan.

2020 yilda El Faro nashri prezident Bukele jinoiy guruhlar bilan kelishib olganini ma'lum qilgan. Kelishuvga ko‘ra, hukumat jinoiy to‘dalar zo‘ravonlik darajasini pasaytirishiga javoban qamoqxonadagi sharoitlarni yaxshilashga va'da bergan.