Kuzgi mavsumda 4000 donadan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Ko‘chatlar asosan Guliston shahrida bunyod etilayotgan yangi massivlarga boriladigan yo‘llar va ushbu massivlarning atrofida barpo qilinadigan yashil maydonlarga ekiladi.

Ekish uchun shahar yer va iqlim sharoitiga moslashgan shumtol, tut, chinor, qayrag‘och, gujum, pavlovniya kabi daraxtlar kiritilgan. Ko‘chatlarni tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish, hasharot va kasalliklarga qarshi kurashish, mineral va organik o‘g‘itlar berish hamda vegetatsiya davridagi ishlovlar uchun Guliston shahar hokimligi tomonidan 400 million so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan.