Dastlabki taxminlarga ko‘ra, jinoyatchi vagonda tuz kislotasini sepib, uni yoqib yuborgan.

Voqea Keyo temir yo‘l liniyasida yuz bergan.

Hujum Yaponiya parlamentiga saylovlarda ovoz berish yakunlangandan keyin yuz bergan.

Internetda voqea joyidan suratlar paydo bo‘lgan. Ularda vagon eshiklari yopiq qolayotgani, odamlar esa vagonning oynasi orqali tashqariga chiqayotganini ko‘rish mumkin.

Hujum sabablari hozircha noma'lum. Taxminlarga ko‘ra, u terakt bo‘lishi mumkin.