Ushbu natijalar tahlilchilar taxmin qilgandan biroz yaxshiroq bo‘lgan, shunga qaramay, kompaniya aksiyalari hisobot e'lon qilingandan keyin 5 foizga arzonlashgan.
Boshqa avtomobilsozlik kompaniyalaridagi kabi bunday salbiy natijalarga hozirda dunyoda kuzatilayotgan mikrochiplar taqchilligi sabab hisoblanadi. GM’ning 3-chorakda avtomobil savdosi hajmi 2020 yil 3-choragiga nisbatan deyarli 1,5 marta kamroq bo‘lgan va 423 mingta avtomobilni tashkil qilgan.
O‘tgan hafta Fransiyaning Renault kompaniyasi chiplar taqchilligi sababli joriy yilda rejalashtirilgandan 500 mingta avtomobil kamroq chiqarishi mumkinligini ma'lum qilgandi. AlixPartners konsalting kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, chiplar yetishmovchiligi jahon avtomobil sanoatining 210 mlrd dollarlik tushumdan ayrilishiga olib keladi.











