BBC News telekanalining xabar berishicha, migrantlar mahalliy aholi konteyner ichida ovozlar eshitilganini ma'lum qilgach, Nueva-Konsepson va Kokales shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda tongda aniqlangan. Politsiyaning fikricha, migrantlar Meksika orqali AQShga yetkazilish uchun pul to‘langan kontrabandachilar tomonidan tashlab ketilgan. Migrantlarning yuzdan ko‘prog‘i haitilik bo‘lgan. Shuningdek, ular orasida Nepal va Gana fuqarolari ham bo‘lgan.     

Politsiyachilar muhojirlarga birinchi yordam ko‘rsatib, ularni Gvatemala migratsiya institutiga qarashli vaqtinchalik boshpanaga olib borishgan. Keyinroq ular Honduras bilan chegaraga yetkazilib, mutasaddi idoralarga topshiriladi.