Hujjat Vazirlar Mahkamasining 10.02.2021 yildagi «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 61-son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ning ijrosini ta'minlash maqsadida tayyorlandi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
- loyihani lingvistik ekspertizadan o‘tkazishning asosiy maqsadi va vazifalari;
- lingvistik ekspertizaga qo‘yiladigan asosiy talablar;
- ekspertiza o‘tkazish tartibi;
- ekspertning huquq va majburiyatlari.
NHHlar loyihalarining lingvistik ekspertizasi loyiha matni davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida ishlab chiquvchi tomonidan yoki jalb etilgan ekspertlar tomonidan o‘tkaziladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab NHHlarning loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkazilganidan so‘ng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish uchun joylashtiriladi.











