Abdusalom Azizov O‘FAning oldida turgan rejalari haqida gapirar ekan avvalo bolalar, ayollar futboliga e'tibor qaratish muhimligini aytdi. Tashkilot oldida turgan konkret vazifa nihoyat jahon chempionatiga chiqish va olimpiya futbol jamoasi bilan Parij olimpiadasiga yo‘llanma olish ekani aytildi.
Shuningdek, O‘FA ijroiya qo‘mitasiga ham 9 nomzod tasdiqlandi. Ovoz berish jarayonida qatnashganlar barchasi jarayonda bir ovozdan «ha» so‘zi yozilgan qog‘ozlarni ko‘tarib turishdi.



















