Nodavlat ta'lim tashkilotlari pedagoglariga o‘z xohishiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tib toifa olish huquqi beriladi. Bunda pedagoglarning malaka toifalari ular boshqa ta'lim tashkilotiga, ta'lim tashkilotining bir turidan boshqasiga yoki nodavlat ta'lim tashkilotidan davlat ta'lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Amaldagi tartib bo‘yicha malaka toifalari faqat davlat ta'lim tashkilotlari pedagoglariga berilayotgandi. 

Qaror prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.