
Ta'kidlanishicha, uchrashuvda Qoraqalpog‘istonning 17 ta shahar va tumanidagi tadbirkorlarning taklif, murojaat va muammolari tinglangan. Muammo va murojaatlar nimadan iborat bo‘lganligiga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga qanday taklif bildirgani ham noma'lum.

Online tarzdagi muloqotni Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov olib borgan. Uchrashuvda tadbirkorlarning muammolarini hal etishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.











