-52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov filippinlik Karlo Paalamga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuv 2-raundda bokschilarning jarohati tufayli to‘xtatildi va raqibga ochkolar bo‘yicha 0:4 hisobidagi g‘alaba berildi.

-63 kg vaznda Elnur Abduraimov esa armanistonlik Ovgannes Bachkovga 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Shu tariqa, Rio-2016da 7ta medalga ega chiqqan O‘zbekiston boks milliy jamoasi (erkaklar) bu safargi musobaqani bitta medal bilan yakunlaydigan bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, +91kg vaznda Bahodir Jalolov medalni naqd qilgan. Surxondaryolik bokschi 4 avgust kungi yarimfinalda britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi ringga ko‘tariladi.