Ma'lum qilinishicha, olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari munosabati bilan Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent tumaniga kirish qismidan «Hasanboy ota» jome masjidigacha bo‘lgan qismi 2021 yil 14 iyul kuni soat 09:00dan ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati uchun vaqtinchalik to‘liq yopiladi.

Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan transport vositalari harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 hamda sobiq M.Fozilov jamoa xo‘jaligi hududidan o‘tgan 4R-4 avtomobil yo‘llari orqali tashkil etiladi.

Xabarda ta'mirlash ishlari qachongacha davom etishi haqida ma'lumot berilmagan.

Bundan avval Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya sabab ayrim avtobuslar yo‘nalishi o‘zgargani haqida xabar berilgandi.