Magistraturaga o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.
Abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma'lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida (my.dtm.uz) e'lon qilinadi.










