Tadbirkor Azizxon Alijonov boshchiligidagi  korxonada ayni paytda 30 nafardan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatmoqda ekan. E'tiborlisi, korxonada 20 xil muzqaymoqlar tayyorlanib, Farg‘ona viloyati hududlari bo‘yicha iste'molchilarga yetkazib berilmoqda. 16 xildan ortiq sut mahsulotlari, 5 xil qadoqlangan kungaboqar pistasi ham xalq dasturxoniga tortiq qilinmoqda.

Korxonaning savdo bo‘limi xodimi Sanjarbek Abdurahmonovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, korxona 2016 yilda tashkil topgan bo‘lib, bu yerda Avstriya texnologiyasi asosida muzqaymoqlar ishlab chiqariladi. Muzqaymoqning kunlik ishlab chiqarish imkoniyati 8 tonnani tashkil qilib, hozirda korxonada 3 tonna muzqaymoq mahsulotlari tayyor holga keltirilmoqda.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan sut mahsulotlari esa vodiy tumanlari bo‘ylab yetkazib beriladi.