Ma'lum qilinishicha, departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Jarayonda fuqaro A.X. va boshqalar ov qilish taqiqlangan mavsumda noqonuniy usulda baliq ovlayotgani aniqlangan. Baliqchilardan 47 ta baliq, 4 dona motorli qayiq va 3 000 metr taqiqlangan «Leska» to‘rlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, tadbirda ushbu fuqarolar tomonidan suv havzasiga tashlangan to‘rlar ko‘tarilib tekshirilganida, ularga 100 tadan ortiq baliq ilinganligi aniqlanib, suvga qo‘yib yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










