Manbada aytilishicha, Nazarboyev Moskvada ishchi tashrif bilan bo‘ladi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash masalasi muhokama qilinadi. Shuningdek, kun tartibidan Yevroosiyodagi integratsiyalashuv va boshqa xalqaro mavzular muhokamasi o‘rin olgan.
Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibayning Tvitterdagi sahifasida yozishicha, uchrashuvda Putin va Nazarboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining rivojlanish istiqbolini muhokama qiladi.











