Ma'lum bo‘lishicha, 4 may kuni soat 5:30 larda Mirishkor tumanidan oilasi bilan «Neksiya» mashinasida Toshkentga qarab yo‘lga chiqqan haydovchi 4R 90 Qarshi-Beshkent-Kasbi-Koson avtomobil yo‘lining Qarshi tumani Qovchin qishlog‘idan o‘tuvchi 16-kilometrida boshqaruvni yo‘qotgan va mashina daraxtga urilgan.
Oqibatda haydovchi va uning 5 yoshli qizi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li esa shifoxonaga yotqizilgan.
Haydovchining boshqaruvni yo‘qotishiga uning charchoq tufayli uxlab qolgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, mashina juda katta tezlikda harakatlangan.










